Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:06

AQShda yirik Internet shirkatlari elektron kuzatuv miqyosini ochiqlashdi


O'tgan yilning birinchi yarim yilligi mobaynida Microsoft, Google, Facebook va Yahoo sirkatlari o'z foydalanuvchilariga oid minglagan shaxsiy ma'lumotlarni AQSh xavfsizlik xizmatlari so'roviga binoan ochiqlagan.

Bu haqda AFP axborot agentligiga asoslanib Lenta.ru nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2013 yilning yanvar oyidan iyun oyigacha bo'lgan vaqt ichida AQSh xavfsizlik xizmatlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotini olish uchun Microsoft'ga 15-16 ming, Google'ga 9-10 ming, Facebook shirkatiga esa 5-6 ming marta murojaat qilgan.

Shaxsiy ma'lumotlarni ochiqlash uchun eng ko'p so'rov Yahoo shirkatiga yuborilgani aytilmoqda. Shirkat olti oy ichida AQShdagi mahalliy va federal darajadagi josuslik xizmatlaridan 30 mingdan ko'proq so'rov olgan.

Mazkur statistikaga "Tashqi razvedka xizmatlari faoliyatini nazorat qilish haqida"gi qonun asosida sud tarafidan ma'qullangan so'rovlar kirgan.

Eslatamiz, 2013 yili AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden maxfiy xizmatlar qo‘llaydigan elektron kuzatuv ko'lami va usullari haqida matbuotga ma‘lumot sizdirgan edi.
Snouden AQSh maxfiy xizmatlari Facebook, Google, Yahoo, Apple va Microsoft kabi yirik Internet shirkatlar serverlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish va foydalanuvchilar akkauntlari haqida ma‘lumot olish salohiyatiga egaligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni ochiqlagan edi.

Shundan so'ng, foydalanuvchilar noroziligiga javoban, yirik Internet shirkatlar AQSh Adliya vazirligi bilan kelishgan holda xavfsizlik xizmatlaridan tushgan so'rovlar ko'lamini keng omamga ochiqlay boshladi.
XS
SM
MD
LG