Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:52

Toshkent xalqaro aeroportida samolyot qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi


4 fevral kuni tungi soat 2 lar atrofida Toshkent xalqaro aeroportida UTair aviashirkatiga mansub samolyot qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Moskva –Toshkent reysini amalga oshirayotgan samolyot bilan sodir bo‘lgan hodisa borasida “Ozodlik”ka mobil muxbir xabar yo‘lladi.

“Men Shvetsiyadan Toshkentga kelayotgandim. Bizning samolyotimizni Toshkent xalqaro aeroporti bir soatcha qabul qilmadi. Bort kuzatuvchisi Damirning aytishicha, Toshkent xalqaro aeroportida samolyot qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va aeroport ma‘murlari bu holatni baratarf etishayotgani tufayli qo‘nishimizga ruxsat berishmabdi” deydi jurnalist.

Jurnalistning ta‘kidicha, u xalqaro aeroport pasport nazorati bo‘limi, bojxona bo‘limi va post-patrul xizmati xodimlaridan samolyot bilan bo‘lgan hodisa borasida surishtiruvlar o‘tkazgan. Bojxona ma‘murlaridan biri jurnalistga hodisaning noqulay ob-havo sharoiti tufayli sodir bo‘lgan, samolyot va undagi yo‘lovchilarning jabr ko‘rmaganini aytgan.

Militsiya xodimlaridan biri esa samolyotning Rossiyaning UTair aviashirkatiga mansubligi, uning tungi soat 2:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndirilishi rejalaganini aytgan. Jurnalist biror rasmiy ma‘lumotni qo‘lga kirita olmagan.

“Bizdan tashqari yana 3 ta samolyot xalqaro aeroport texnik sabab bilan yopiqligi tufayli 1 soatga yaqin Toshkent ustida qo‘nolmay uchib yurishga majbur bo‘ldi. Haqiqatan ham Toshkent aeroportida yo‘laklar juda sirpanchiq, yaxmalak edi” deydi aeroportdagi voqeaga guvoh bo‘lgan jurnalist.

“Ozodlik” qo‘lga kiritgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Termiz, Namangan, Farg‘ona va Andijon aeroportlari ishida uzilish sodir bo‘ldi. Masalan, Farg‘ona, Termiz va Namangan aeroportlari 3 fevral kuni kechga qadar yopiq turgani xabar qilindi.
XS
SM
MD
LG