Линклар

Xorazm viloyati Shovot tumani Bo‘yrachi qishlog‘ida yashovchi 13 yashar qizaloq o‘z tug‘ishgan akasidan farzand ko‘rdi. O‘z singlisining nomusiga tegib, uni homilador qilgan 25 yashar yigit hozir viloyat Milliy xavfsizlik xizmati hibsxonasida saqlanmoqda.

Voqea Bo‘yrachi qishlog‘ining Oqko‘l mahallasida sodir bo‘lgan.

13 yashar qizaloq (Q.S) va uning akasi (Q.J)ning ism- familiyasi Ozodlikka ma‘lum. Lekin huquqiy va ahloqiy jihatdan ularning ism- sharifini oshkor qilmayapmiz.

Voqea 20 yanvarda Q.S.ning ko‘zi yorigan kuni oshkor bo‘lgan. Shu kuni 13 yashar Q.S. qiz farzandlik bo‘lgan.

Oqko‘l mahalla fuqarolar yig‘inidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Q.S. o‘zining tug‘ishgan akasi, 25 yashar Q.J.dan homilador bo‘lgan.

“O‘zining og‘asi shu ishni qilibdi. Og‘asi 1989 yilda tug‘ilgan, hali uylanmagan yigit. Biz qizchaning homilador ekanini ham eshitmagandik. Qizning ota-onasi bu haqda mahallani ogohlantirishmagan. Qizni 20 yanvar kuni roddomga olib borishgach, bu voqeadan xabar topdik. Butun mahallani el-yurtga sharmanda qilishdi”, deya yozg‘irdi Oqko‘l mahallasining ismini ochiqlamayotganimiz faoli.

Hozirda Q.S.ning ahvoli va uning chaqalog‘i taqdiri Ozodlikka ma‘lum emas.

Bo‘yrachi qishloq fuqarolar yig‘inidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, voqea oshkor bo‘lgach qizchaning akasi Q.J. hibsga olingan va u Xorazm viloyat Milliy xavfsizlik xizmati hibsxonasida saqlanmoqda.

Shovot tuman Ichki ishlar bo‘limidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Q.J.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 118-moddasi ya‘ni "Nomusga tegish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddada o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkan kishiga
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Oqko‘l mahallasi faollaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Q.S. qishloqdagi 38-maktab o‘quvchisi bo‘lgan va uning homilador bo‘lganidan maktab ma‘muriyati ham bexabar qolgan.

Mahalla faollariga ko‘ra, hozirda Q.S. o‘qigan 38-maktabning direktori Rohat Matyoqubovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shovot tuman Ichki ishlar bo‘limi buni tasdiqladi. Biroq ular Matyoqubova ustidan ochilgan jinoyat ishining voyaga yetmasdan tuqqan o‘quvchisi Q.S. bilan bog‘liq voqeaga aloqasi yo‘qligini ta‘kidlashdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG