Линклар

2013 yili O‘zbekistonda 246 ming 600 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

“O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik shirkati matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, o‘tgan yili mamlakatda, shuningdek, 3500 dona ISUZU rusumli avtobus va yuk mashinasi, 1200 dona MAN rusumli yuk mashinasi ham ishlab chiqarilgan.

Bu avtomobillardan 90 ming 800 tasi xorijga eksport qilingan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning asosiy xaridori Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va Turkmaniston bo‘lib hisoblanadi. Biroq keyingi paytlarda bu mamlakatlarda o‘zbek avtosiga bo‘lgan talab kamaygani kuzatiladi.
XS
SM
MD
LG