Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:05

O'zbek dasturchilari GAPim nomli messenjer ishlab chiqishdi


O'zbekistonlik dasturchilar GAPim nomli kompyuter va smartfonlar uchun mo'ljallangan online messenjerni ishlab chiqdi. Bu haqda iLike.Uz blogi xabar bermoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi xodimlari tarafidan ishlab chiqilgan ushbu messenjer foydalanuvchilarga Internet orqali xabar almashish (chat), o'zaro fayllar yuborish va konferens-chatlar uyushtirish imkonini beradi.

Bundan tashqari dasturda audio va video muloqotni tashkil etish imkoni borligi ham aytilmoqda.

Dastur mualliflariga ko'ra, messenjer ayni damda Windows va Linux operatsion tizimlari asosida ishlovchi kompyuterlar hamda Android qurilmalariga o'rnatilishi mumkin.

Aytib o'tish joiz, messenjerning Android mobil operatsion tizimi uchun ishlangan versiyasi hozirda Google Play aplikatsiyalar bozoriga yuklanmagan. Dastuning .APK formatidagi versiyasini www.gapim.uz veb-sahifasidan ko'chirib olsa bo'ladi.

GAPim messenjeridan foydalanishni istaganlar yuqorida ko'rsatilgan veb-sahifada ro'yxatdan o'tishlari shart. Ushbu xabar chop etilayotgan vaqtda ro'yxatdan o'tganlarning soni 113 kishini tashkil etdi.
XS
SM
MD
LG