Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:07

Futbol: Sanjar Tursunov Ukrainaning "Vorskla" klubi bilan shartnoma imzoladi


O‘zbekistonning 2012 yildagi eng yaxshi futbolchisi Sanjar Tursunov Ukrainaning “Vorskla” jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda ukrainalik klub o‘z veb-sayti orqali ma‘lum qildi.

Agar klub Tursunovning faoliyatidan qoniqsa, "1+1" ko‘rinishida tuzilgan shartnoma yana bir yilga cho‘zdirilishi mumkin.

1955 yilda tashkil topgan “Vorskla” futbol klubi Ukraina Premer-ligasining kuzgi davrasidan keyin 8-o‘rinni egallab turibdi. 2012/2013 yilgi mavsumni jamoa 12 o‘rinda yakunlagan.

27 yoshli yarim himoyachi Sanjar Tursunov 2013 yilning yozidan beri Rossiya 1-divizioni ishtirokchisi "Gazovik" klubida faoliyat yuritib kelayotgan edi. “Gazovik” safida Tursunov 16 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi bundan oldin Toshkentning "Lokomotiv", Rossiyaning "Volga" va "Alaniya" klublarida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston terma jamoasi a‘zosi Sanjar Tursunov 2012 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
XS
SM
MD
LG