Линклар

logo-print
Moskvada o‘pirilib tushgan tuproq ostida qolgan tojikistonlik mehnat muhojirini qutqarish amaliyoti 4 soat davom etdi va yakunlandi: og‘ir jarohat olgan shifoxonaga olib ketildi.

Moskvada o‘pirilib tushgan tuproq ostida qolgan tojikistonlik mehnat muhojirini qutqarish amaliyoti 4 soat davom etdi va yakunlandi: og‘ir jarohat olgan shifoxonaga olib ketildi.

1995 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi 4 fevral kuni Moskvaning g‘arbidagi Ozyornaya ko‘chasida oqova quvurlarini o‘rnatish paytida o‘pirilgan tuproq ostida qoldi.

Mutaxassislar qurilish-ta‘mirlash ishlari xavfsizlik qoidalari buzilgan holda olib borilganini aniqlashdi. Ma‘lum bo‘lishicha, ishchilar transheya qazir ekan, boshliqlari buyrug‘iga binoan piyodalar yo‘lagidagi asfal tni buzmasdan, uning tagidan teshmoqchi bo‘lgan. Natijada tagi bo‘shab qolgan asfalt yo‘lak uning tagida ishlayotgan ishchilarni bosib qolgan.



Hodisa joyiga yetib kelgan shahar qutqaruvchilari va o‘t o‘chiruvchilari zudlik bilan beton plitalar orasida qisilib qolgan tojikistonlik mehnat muhojirini qutqarishga kirishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari avvaliga tuproq ikkinchi marotaba bosib qolmasligi uchun ishchi yotgan chuqurlik atroflarini mustahkamlab chiqdi.

Moskva sovuqlarida 4 soat davom etgan qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Kunduzgi soat 13:30 larda yer ostidan olib chiqilgan Tojikiston fuqarosining oyoq-qo‘llari bir nechta joydan singani aniqlandi.

Jabrlangan ishchi tez yordam mashinasida Moskva shahridagi Sklifosovskiy tibbiyot institutiga olib ketildi.
XS
SM
MD
LG