Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 03:41

Bishkeklik vrachlar o‘zbekistonlik yigitning jinsini o‘zgartirdi


Suratdagi jarrohlik amaliyotining lavhada tilga olingan voqeaga aloqasi yo‘q
Suratdagi jarrohlik amaliyotining lavhada tilga olingan voqeaga aloqasi yo‘q
Qirg‘iziston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Milliy gospital vrachlari odam jinsini o‘zgartirish bo‘yicha mamlakat tarixida ilk jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani ma‘lum bo‘ldi.

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatining Milliy gospitaldan olgan ma‘lumotlariga qaraganda, bu sohadagi dastlabki amaliyot chog‘ida o‘zbekistonlik 25 yashar yigit ayolga aylantirilgan.

Qirg‘iziston Milliy gospitali vrachi, urolog Zufar Hakimxo‘jayevning radiomiz muxbiriga bildirishicha, toshkentlik yigitni ayolga aylantirish amaliyoti 2013 yilning oktyabrida o‘tkazilgan.

Amaliyotda shaxsan qatnashgan urologning aytishicha, sobiq yigit va endilikda ayol o‘z Vatani – O‘zbekistonda pasportini o‘zgartirishga ham erishibdi.

- Bundan ikki hafta oldin Bishkekka navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelib-ketdi. O‘zbekistonda pasport ham olibdi. Ism-familiyasini ayolniki qilib o‘zgartiribdi. Ko‘rinishidan boshqa ayollardan mutlaqo farqi yo‘q. Quloqlariga sirg‘a taqibdi, uzun ko‘ylak kiyibdi. Hayotidan rozi, dedi Zufar Hakimxo‘jayev.

Doktor o‘z patsiyentining na avvalgi, na hozirgi ismini aytdi – ham tibbiyot siri, ham patsiyentning ruxsati yo‘q.

Jinsni o‘zgartirish amaliyotini Qirg‘iziston Milliy gospitali bosh urologi Aqilbek Usupbayev o‘tkazgan. Uning aytishicha, amaliyot muvaffaqiyatli o‘tgan va hozircha uning oqibatlari salbiy ekanligiga ishora qiluvchi alomatlar qayd etilgan emas.
XS
SM
MD
LG