Линклар

logo-print
Bugun Rossiyaning Sochi shahrida XXII Qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, tantanali marosimga butun dunyodan 65 ta davlat rahbarlari tashrif buyuradi.

Jumladan, Olimpiadaning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ham ishtirok etadi. Bu haqda president matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Eslatamiz, Sochi Olimpiadasida uch nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etmoqda. Ular figurali uchish bo‘yicha jahon miqyosida ancha tanilib qolgan Mixail Ge hamda chang‘ichilar Kseniya Grigoreva va Artyom Voronovlardir.

Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining tantanali ko‘tarilishi marosimi 5 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik sportchilarning chiqishlari 13 -14 fevral kunlari boshlanadi. 13 fevral kuni Artyom Voronov va Mixail Ge, 14 fevralda Kseniya Grigoryeva bellashuvni boshlaydi.

Sochi Olimpiadasi 7 fevraldan 23 fevralgacha bo‘lib o‘tadi. Unda 16ta qishki sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, jami 98 ta komplekt medallar o‘ynaladi.
XS
SM
MD
LG