Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:28

Denis Istomin Sud de France turnirining chorak finaliga chiqdi


Denis Istomin
Denis Istomin
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Frantsiyaning Monpelye shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Nimchorak final uchrashuvida Istomin rossiyalik tennischi, aynida damda ATP jahon reytingida 28-o‘rinda bo‘lgan Dmitriy Tursunovni ikki setda – 7:5, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatamiz, mazkur juftlik yanvar oyida o‘tgan Australian Open turnirida ham to‘qnashgan edi. O‘shanda ham uchrashuv Istomin g‘alabasi bilan yakunlangan.

Chorak finalda o‘zbekistonlik tennischi frantsiyalik Gael Monfis bilan bellashadi.

27 yoshli Denis Istomin aynida damda ATP jahon reytingida 43-o‘rinni egallab turibdi.

Sud de France turnirining mukofot fondi 426 ming yevroni tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG