Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:41

O‘zbekcha Vikipediya faollashadigan bo‘ldi


“O‘zbeklar Vikipediyada faol bo‘lmagani uchun Alisher Navoiy uyg‘ur bo‘lib qoldi!” “Men tahrir qilishni boshlaganim paytda inglizcha Vikipediyada Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi mashhur o‘zbeklardan birontasi haqida ham maqola yo‘q edi…”

Bu gaplarni yangi ruknimiz - OzodWiki ruknidagi dastlabki eshittirish mehmoni - va balki ruknning kelajakdagi muallifi – Vikipediyaning o‘zbekcha bo‘limi Ma‘muri Nodir Otayevning aytganlaridan uzib oldik.


***

Ozodlik ma‘lumoti:

Nodir Otayev bu yil 26 ga to‘ladi, u Qirg‘izistonning Sulukta shahrida 1988 yili tug‘ilgan, Isfana shahridagi (Botken viloyati) 4- o‘zbek gimnaziyasini 2006 yili imtiyozli attestat bilan bitirgan.

2011 yili Bishkekdagi Otaturk-Olatog‘ Xalqaro Universitetini “Biznes menejmenti” ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlagan.


2009-2010 o‘quv yilida Kerol Kollejda (AQSh, Montana shtati, Xelena shahri), 2011 avgustidan 2013 iyuligacha Markaziy Yevropa Universitetida (Vengriya, Budapesht shahri) tahsil olgan.

Iqtisodiyot magistri.

Vikipediyachilikni O‘zbekiston va o‘zbeklar to‘g‘risida inglizcha matnlar yozishdan boshlagan.

Shu kunda o‘zbekcha Vikipediya ma‘muri.

Xalqaro tashkilotlardan birining Isfanadagi vakolatxonasida ishlaydi.

O‘zbek, qirg‘iz, rus, turk, ingliz tillarida yoza va o‘qiy biladi, bu tillarda bemalol gapira oladi.

Rubob va gitara chaladi, rok musiqasiga qiziqadi va shu janrdagi asarlarni ijro etadi.

***

Vikipediya nima ekanligini bugungi kunda ko‘pchilik biladi. Ko‘pchilik kunda, kun ora mazkur Internet entsiklopediyaga murojaat qilib, undan o‘zini qiziqtirgan savollar javobini topadi.

Lekin biz Vikipediyaning nima ekanligini bilmaydiganlar hali ko‘p, degan fikrdan kelib chiqib, mazkur entsiklopediya to‘g‘risida turkum ma‘rifiy eshittirishlar tayyorlashga qaror qildik.

OzodWiki rukni ostidagi 3-, 4-, 5- va hokazo eshittirishlar shakli va mazmuni qanday bo‘lishi to‘g‘risida, to‘g‘risi, hozir bir narsa deya olmaymiz.

Lekin Birinchi va Ikkinchi eshittirishimiz qanday bo‘lishi aniq: ularda vikipediyachi Nodir anoyining savollariga javob beradiki, uning javoblari keyingi eshittirishlarni tinglash uchun zaruriy tamal bo‘ladi.

Demak, Birinchi va Ikkinchi eshittirishlarni Vikipediya nimaligini biladiganlar eshitmasayam bo‘laveradi.

Eshitmasangiz bo‘laveradiyu lekin eshitib qo‘ysangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Masalan, Vikipediyaga maqola yozgan odam qancha haq olishini bilmaysiz-ku, to‘g‘rimi?

Shunday qilib, anoyining dastlabki savollariga Vikipediyaning o‘zbekcha bo‘limi ma‘muri Nodir Otayev bergan javoblarni eshiting:

XS
SM
MD
LG