Линклар

logo-print
Uch bolasi bilan Suriyaga ketib qolgani aytilayotgan qirg‘izistonlik ayol shu kunda Turkiyada ekani aniqlangan. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga O‘sh viloyat ichki ishlar boshqarmasining matbuot kotibi Jenish Ashirbayev ma‘lum qildi.
Yanvar oyida o‘shlik Nargiza Qodiraliyeva voyaga yetmagan uch o‘g‘lini olib, Suriyaga ketib qolgani xabar qilingandi. Sobiq turmush o‘rtog‘i Bobur Qodiraliyevning iddaosicha, Nargiza Suriyaga jihodga ketganini xorijdan yuborilgan SMS orqali bildirgan.
O‘sh militsiyasi xodimlari ayolning Turkiyada ekanini aniqlab, u bilan telefon orqali so‘zlashishgan. Nargiza Qodiraliyeva u yoqqa savdo-sotiq qilish uchun ketganini, Suriyaga o‘tish maqsadi yo‘q ekanini, yaqin orada uyiga qaytib kelishini ma‘lum qilgan.
O'tgan yili Qirg'iziston huquq-tartibot organlari bir guruh qirg'izistonliklarning Suriyaga jihod qilish uchun chiqib ketganini aniqlagan edi. Ularning bir qismi ota-onalari yordamida uylariga qaytarilgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG