Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:47

Sovuq odamlarni vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlashga majburladi


Sirdaryo viloyatidagi Xovos temir yo‘l bekatiga yaqin joyda vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlash ko‘paygani aytilimoqda. Doimo bo‘lib kelgan o‘g‘irlik Ozodlik manbalarining aytishicha, sovuq kuchayib elektr va gaz ta‘minoti kamaygan sari yanada avjiga minmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" shirkatida mashinist bo‘lib ishlaydigan 50 yashar Marimboy Rajabovning Ozodlikka aytishicha, vagonlardan ko‘mir o‘marish kabi holatning oldini olish uchun transport militsiyasi tadbirlar boshlagan¸ biroq mahalliy aholining ko‘mir o‘g‘irlashi to‘xtagani yo‘q.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ qorovullik xizmati va militsiya xodimlari ko‘mir o‘g‘rilariga ko‘z yumib kelishadi.

Ozodlik bilan suhbatda Marimboy Rajabov vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlash manzarasini tasvirlab berdi.

Suhbatdoshning aytishicha¸ poyezd to‘xtagan joydagi aholi mansubi bo‘lgan erkaklar vagonlarga ëprilib chiqib, ko‘mirni temir yo‘l tashqarisiga otishadi.

Tashqaridagi xotin-halaj esa yerga tushgan ko‘mirni 30-40 kilolik plastik qoplarga joylashadi.

Ko‘pni ko‘rgan mashinistning aytishicha, “ko‘mir o‘g‘irlash” amaliëti kunduz kuni ham ro‘y beradi.

Stantsiya bo‘ylab harakatlanayotgan vagonlarga bu ishning hadisini olgan epchil bolalar irg‘ib chiqib olishadi, ular yurib ketayotgan joyida eng yirik ko‘mr bo‘laklarini pastga otishadi.

- Temir yo‘l bo‘ylab sochilgan ko‘mir parchalarini aëllar ëki keksaroq erkaklar qoplarga solib yig‘ib olishadi¸- deydi Marimboy.

Xovos bekati yaqinida yashovchi va o‘z ismi efirda aytilishini istamagan yana bir suhbatdoshimizning ta‘kidlashicha¸ vagonlardan o‘g‘irlangan ko‘mirning bir qismi uylarni isitishga sarflansa, bir qismi sotiladi:

- Toshkent viloyatidagi deyarli barcha kabob, novvoyxona va choyxonalar asosan o‘g‘irlik ko‘mir hisobiga ishlaydi. Oddiy aholi ham o‘g‘irlangan ko‘mirni harid qilishni afzal bilishadi. Chunki bu yirik va sifatli ko‘mir bo‘ladi¸- deydi xovoslik suhbatdosh.

Suhbatdoshga ko‘ra, temir yo‘l bo‘yida istiqomat qiladigan aholining ko‘pi vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlashga “ixtisoslashgan”.

- Maxsus zambilg‘altak¸ “Ural” mototsikli va eski “Moskvich”larni ko‘mir tashishga moslab olishgan. Temir yo‘l bo‘yidagi uylarning hammasida ko‘mir omborlari bor. Bu omborlardan sutkaning istagan paytida ko‘mir harid qilish mumkin¸- deydi xovoslik suhbatdosh.

Doimo bo‘lib kelgan o‘g‘irlik Ozodlik manbalarining aytishicha¸ sovuq kuchayib, elektr va gaz ta‘minoti kamaygan sari yanada avjiga minmoqda.

Toshkentdagi kabobxonalardan birida ishlovchi, o‘zini Fazliddin deb tanishtirgan oshpazning Ozodlikka aytishicha, shaharga Angrendan keladigan o‘g‘irlik ko‘mir karvoni ham mavjud.

Suhbatdoshning iddaosiga ko‘ra, Toshkent-Qo‘qon avtoyo‘li orqali Angren konlaridan o‘g‘irlangan ko‘mir shahar chetidagi omborga yig‘iladi.

Fazliddinning aytishicha¸ Angrendan keltiriladigan o‘g‘irlik ko‘mir eshaklarga ortilib, bu omborga keltiriladi.

Fazliddinning aytishicha¸ aholi bunday omborlardan ko‘mirning sifati yaxshi bo‘lgani uchun sotib olmoqda.

“O‘zbekko‘mir” ochiq hissadorlik jamiyati sotaëtgan ko‘mirning sifati aholi talabiga javob bermaëtgani aytiladi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish kamaygani sababli ichki bozorda ko‘mirga talab oshib bormoqda.

O‘zbekistondagi ko‘mirning taxmin qilinayotgan zahirasi 4 milliard 838,6 million tonnani, tasdiqlangan zahirasi esa 1 milliard 897 million tonnani tashkil qiladi.
XS
SM
MD
LG