Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:40

Navoiydagi portlashda kamida 6 kishi o‘ldi


Voqea joyidan olingan bu rasmni Ozodlikning Navoiy shahridagi mushtariysi yubordi.
Voqea joyidan olingan bu rasmni Ozodlikning Navoiy shahridagi mushtariysi yubordi.
O‘zbekistonda havo harorati tunda - 20 darajadan pastroqni tashkil qilayotgan ayni kunlarda gaz portlashi oqibatida yuz berayotgan voqealar ko‘paygani kuzatilmoqda. Qish sovug‘ida Navoiy shahrida yuz bergan gaz portlashi olti xonadonga musibat keltirdi.

Navoiy shahridagi xalqaro aeroport yaqinida ikki qavatli uyda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida olti kishi nobud bo‘ldi va yetti kishi jarohat oldi.

Bu haqda ma‘lumot bergan Navoiy prokuraturasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, portlash dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 6.11da ro‘y bergan. Portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lganini bildirgan manba ta‘kidiga ko‘ra¸ voqea quvurlardagi gazning bir kelib bir kelmasligi bois sodir bo‘lgan:

- Aeroport yaqinidagi 12-raqamli uyning ikki pod‘ezdidagi olti xonadon 10 yanvarь ertalab portlab ketdi. 6 kishi voqea joyida darhol halok bo‘ldi. 7 kishi yarador bo‘ldi. Gaz portlashi asosiy versiya sifatida ko‘rilmoqda¸- dedi Ozodlikning Navoiy viloyat prokuraturasidagi manbasi.

Manbaninig aytishicha, aeroport yaqinidagi bu ko‘p xonadonli uyda gaz bir kelib bir kelmay turgan:

- Dastlabki taxminlarga ko‘ra¸ gaz kelmagani bois gaz plitalaridan birining jo‘mragi ochiq qolgan. 20 yanvarga o‘tar kechasi bu mavzega berilgan gaz bosimi ochiq jo‘mraklardan sizib oltita xonadonni to‘ldirgan va portlab ketgan¸- deydi suhbatdosh.

Xalqaro aeroport yaqinida sodir bo‘lgan portlash voqeasini Navoiy viloyati Karmana tumani prokuraturasi tergov qilmoqda.

O‘zbekistonda qishning qattiq kelishi va gaz tanqisligi bois sodir bo‘layotgan baxtsiz voqealar ko‘paygani kuzatilmoqda.

10 fevral tongida Toshkentning Mirobod ko‘chasida joylashgan xarbiy qismda yong‘in chiqqani bildirildi.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra yong‘in xarbiy qism oshxonasidan chiqqan.

yong‘in oqibatlari haqida tafsilotlar xozircha yo‘q.

6 fevral kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi Ravonak qishlog‘ida yashovchi yosh er-xotin va ularning ikki go‘dagi maishiy gaz ballonidan gaz sizib chiqqani oqibatida zaharlanib o‘lgan edi.

Farg‘ona viloyat Qo‘shtepa tumani G‘ishtmon fuqarolar yig‘inida yashovchi Qodirovlar uyida 2 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan portlash oqibatida bu xonadondagilarning hammasi turli daraja kuyish bilan viloyat kasalxonasiga yotqizilgan edi. Kuyganlar orasida ikki yashar qizaloq ham bo‘lgan.

Qishning ilk kunlarida Andijon shahrining 2-mikrorayonidagi 17-uyida gaz portlagani oqibatida ikkita xonadon shikastlangan edi.

O‘zbekistonda havo harorati tunda - 20 darajadan pastroqni tashkil qilayotgan ayni kunlarda aksar aholi gaz va elektr quvvati yo‘q bir sharoitda qishdan omon chiqishga urinmoqda.
XS
SM
MD
LG