Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

Sochi-2014: Hojatxonada qulflanib qolgan AQSh sportchisi endi liftda qolib ketdi


Bir necha kun avval Sochidagi mehmonxona hojatxonasida ichkaridan qulflanib qolgan amerikalik bobsleychi Jonni Kuinn 10 fevral kuni liftda berkilib qoldi.

Bobsleychi bilan birga liftda uning jamoadoshi Nik Kanningem va AQShning biatlon bo'yicha jamoasi texnik murabbiyi Devid Krippslar bo'lgan.

Voqea haqida uchchovlon o'zlarining Twitter sahifalarida xabar berishdi. Sportchilar mikrobloglarida xabarlar bilan birga lift ichida olingan suratlarni ham joylashdi.

- Ishonmasligingiz mumkin, lekin bu gal biz liftda qulflanib qoldik, - deb yozdi Kuinn o'z mikroblogida.



Sportchilarning keyinroq chop etilgan xabarlariga ko'ra, ular eson-omon to'xtab qolgan liftni tark etishga muvaffaq bo'lishgan.

AQSh bobsleychilar terma jamoasi a'zosi 30 yoshli Jonni Kuinn 8 fevral kuni Sochining Olimpiada shaharchasidagi mehmonxona hojatxonasida qulflanib qolgan edi. Telefoni yonida bo'lmagani uchun yordam chaqira olmagan sportchi eshikni sindirishga majburb bo'lgan.

Twitterda chop etilgan sindirilgan eshik surati esa qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlashib ketdi. Surat shu kungacha qariyb 30 ming marta "retweet" qilingan.

XS
SM
MD
LG