Линклар

logo-print
Qozog‘iston Milliy banki, bozorlarda beqaror vaziyat yuzaga kelgani bois, mamlakat milliy valyutasi – tangani 19 foizga devalvatsiya qilish haqida qaror qabul qildi.

Markaziy bank e‘lon qilgan bayonotda tangani qo‘llab-quvvatlashni kamaytirishi va bankning ichki valyuta bozoriga interventsiyasi cheklanishi bildirilgan.

Seshanba kuni Qozog‘iston birjasida bir AQSh dollarining kursi 186 tangani tashkil etdi.

Dushanba kuni bir dollar 156 tangaga almashtirilgan edi.

Qozog‘iston Milliy banki raisi Qayrat Kelimbetov jurnalistlarga bank valyuta kursini barqarorlashtirishi va bir dollar kursi 185 tanga bo‘lishini urg‘uladi.

11 fevral kuni Qozog‘istondagi yetakchi VTA bankida bir dollar 190 tanga, Alyans bankida esa bir dollar 215 tangadan sotildi.
XS
SM
MD
LG