Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:32

Volgogradda maoshini so‘rab ish tashlagan 100 o‘zbek ko‘chaga quvildi


Volgogradning “Sadi Pridonya” shirkatida maosh berilmagani sababli ish tashlagan 100 ortiq o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ishdan bo‘shatildi. Korxona rahbariyati o‘zbek ishchilarini “mehnat intizomini buzgani uchun” ishdan bo‘shatib yuborganini iddao qilayotgan bo‘lsa, mardikorlar bir necha oylik ish haqini ololmayotgani va “noinsoniy munosabatdan” norozi bo‘lib qo‘zg‘alganini aytmoqda.

O‘zbek ishchilari: Oyligimizni bering!


Volgogradda maoshi berilmagani uchun 5 kun oldin ish tashlagan o‘zbekistonlik 100 dan ortiq ishchi birdan bo‘shatildi va qahraton qish kunida yuk-taqi bilan ko‘chaga quvildi.

Volgograddan Ozodlik Radiosiga bog‘langan O‘zbeklar milliy diasporasi vakili Qahramon Eshchanov yanvar oxirida “Sadi Pridonya” Milliy oziq-ovqat shirkati rahbariyati va o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘rtasida ish haqi ustida mojaro boshlanganini aytdi.

- Bu yerda yuzlab vatandoshimiz tizzadan qorda, sovuqda ko‘chada yuribdi. Bir kun protest qilgani uchun ish beruvchi ularni haydavorgan ko‘chaga. “Oyligimizni bering, ish sharoitimizni yaxshilang, ovqatlarimiz bo‘lmayapti!”, deb talab qilgan. Bu “Sadi Pridonьya”da, asosan o‘zbekistonliklar ishlaydi. Taxminan, 100 kishi ko‘chada turibdi! Kamiga hozir Volgogradning butun kuch ishlatar tizimlari mobilizatsiya qilingan o‘sha yerga. Shunday sovuqda berayotgan sho‘rvasini minnat qilib beryapti ekan – kontslagerda ham bunaqa ovqat bermasa kerak! Mana shunaqa shovinizmlar bo‘lyapti bu yerda,- deydi o‘zbek muhojirlari vaziyatiga guvoh bo‘lgan Qahramon Eshchanov.



“Sadi Pridonya” Milliy oziq-ovqat shirkati mintaqadagi yirik korxonalardan biridir. Volgograd o‘zbek jamoasi vakili so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari meva sharbati ishlab chiqaruvchi bu korxonada shartnoma asosida ishlaganiga qaramasdan, asossiz ayblovlar bilan ishdan bo‘shatib yuborilgan.

Qahramon Eshchanov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:38 0:00
Бевосита линк

“Sadi Pridonya”: Ishchilarning o‘zlari aybdor!


“Sadi Pridonya” shirkatining Volgograddagi idorasi Ozodlik muxbiriga o‘zbek ishchilari bilan “mehnat shartnomasi bekor qilingani” sabablarini tushuntirishga urindi.

Shirkatdan olingan ma‘lumotga ko‘ra, ishchilar tartibsizligi uchun bo‘shatilgan va avvaliga ish tashlagan 160 ga yaqin ishchining 52 nafari xatosini tushunib qaytgach, yana ishga qabul qilingan.

Shirkat vakili Yelena Nechiporenko ishchilarning ko‘chaga quvilganini ham inkor qildi.

- Nima bo‘lganini tushuntiraman: 102 kishi dekabr va yanvar oylarida surunkali ishga chiqmagani va tartibsiz bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatildi. Ish tashlagan muhojirlar bir gapni gapiryapti, lekin qolgan 52 kishi ishga chiqyapti, ishlayapti-ku. Hozir turli tekshiruvlar ketyapti. Ertaga javobi chiqsa kerak. Ularga ish haqlari hisoblab berilgan – maosh berilmayapti, degan gap yolg‘on. Ular 12 soatlab ishlagani ham tuhmat! Ular hozir o‘z yotoqxonasida, tekshiruv natijasini kutayapti, - dedi “Sadi Pridonya” Milliy oziq-ovqat guruhi rasmiy vakilasi Yelena Nechiporenko.

Shu tariqa ish beruvchi tashkilot o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari fevralь boshlarida asossiz ish tashlagani, bundan oldin sababsiz ishga kelmagani va janjal ko‘tarib mushtlashgani sababli ishdan bo‘shatilganini ta‘kidlamoqda.

Prokuratura: Tekshiryapmiz!


Hodisa yuzasidan Volgograd viloyat prokuraturasi va Mehnat vazirligida tekshiruv olib borilmoqda.

- Ha, Volgograd viloyat prokuraturasi talabi bilan Davlat mehnat inspektsiyasi tekshiruv olib bormoqda. Bunga mahalliy ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma‘lumot asos bo‘ldi. Bundan ortiq ma‘lumot bera olmayman, - dedi Ozodlikka Volgograd viloyat prokurori yordamchisi Oksana Cheredina.

Ayni paytda, Volgograd axborot vositalarida “gastarbayterlar mast holatda g‘alayon ko‘targani”, “mahalliy aholi bilan janjal va mushtlashuv uyushtirgani” va “yangi yil bayramlarini davom ettirib, ishga chiqmagani” sababli ishdan haydalgani to‘g‘risida xabarlar tarqamoqda.

Ishchilar: Haqqimizni olmaguncha, tarqamaymiz!


Ishsiz qolgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining bir qismi hanuz korxona eshiklari oldida norozilik aktsiyasini davom ettirmoqda.

Sanjar ismli surxondaryolik ishchi mojaroning kelib chiqishi haqida so‘zlab berdi:

- Bizga bular pulni kam berdi. “Bo‘ldi bir haftadan keyin beraman”, dedi. Bir hafta o‘tdi, yana ishladik. Yana bermadi. Oxiri keyin hamma o‘zbeklar ko‘tarildi, ishlamaymiz deb. Yotoqlarimizni yoptirib tashlab, ko‘chaga chiqarib yubordi: "Bir so‘m haqqing yo‘q!" deb. 6 fevralgacha eshshakdek ishlaganmiz! 10 ming so‘m oyligimiz bo‘ladigan bo‘lsa, bollarga 2,5 ming, 500 so‘m chiqib keldi dekabrь oyligimiz. Hozir ko‘chada turibmiz, pulni so‘rab, - deydi Sanjar.

Sanjar korxona rahbariyati ishchilarga qo‘yayotgan ayblovlarining birortasi haqiqatga yaqin emasligini aytdi. U kabi yotoqxonadan chiqarib yuborilgan o‘zbekistonlik ishchilar sovuqda ko‘chada turgani va “Sadы Pridonьya” ma‘muriyatidan o‘z haqini olmaguncha tarqamasligini aytmoqda.

Quyida Sanjar bilan qurilgan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:53 0:00
Бевосита линк


Ozodlik Volgograddagi “Sadi Pridonya” korxonasidagi mojaro ustidan kuzatishni davom etadi.
XS
SM
MD
LG