Линклар

Parijdagi "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti sobiq sovet mamlakatlaridagi matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat yildan yilga yomonlashib borayotganini bildirdi.

Tashkilot chorshanba kuni jahon mamlakatlaridagi matbuot erkinligini baholovchi navbatdagi yillik hisobotini e‘lon qildi.

180 mamlakatdagi vaziyatga baho berilgan hisobotda O‘zbekiston o‘tgan yilgiga nisbatan ikki pog‘ona pastlab, 166-o‘rinni egalladi. 2012 yilda esa O‘zbekiston jaohon matbuot erkinligi indeksida 157-o‘rinni egallagan edi.

Hisobotda aytilishicha, 148-pog‘onani egallagan Rossiya soni ortib borayotgan matbuot erkinligini cheklovchi qonunlari bilan mintaqadagi rejimlarga o‘rnak bo‘lmoqda.

Plyuralizmni o‘z girdobiga tortayotgan repressiv tamoyillar o‘sib borayotgani aytilgan Ozarbayjon 160 va Qozog‘iston 161-o‘ringa qo‘yilgan.

Sobiq sovet blokining eng yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlari Moldova (56), Armaniston (78), Gruziya (84) va Qirg‘iziston (97) bo‘ldi. "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotiga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda plyuralizm va matbuot erkinligi nisbatan yuqoridir.

Erkin matbuot kushandasi hisoblangan Turkmaniston bu yilgi ro‘yxatning 178-pog‘onasidan joy oldi.
XS
SM
MD
LG