Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:48

Sochi-2014: Norvegiya meddallar bo‘yicha peshqadamlikni saqlab qoldi


Sochida o‘tayotgan Qishki Olimpiadaning to‘rtinchi kuni yakunlariga ko‘ra, Norvegiya jamoasi 11 medal bilan medallar reytingida yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi pog‘onani 9 medal bilan Kanada, uchunchi pog‘onani esa 8 medal bilan Hollandiya jamoalari egallab turibdi. Rossiya va AQSh jamoalarida hozircha yettitadan medal bor.

Seshanba kuni chang‘i poygasining erkin usuldagi sprint bo‘yicha erkaklar bellashuvida Ola Vigen Hattestad va ayollar bellashuvida Mayken Kaspersen Fallalar Norvegiya jamoasiga bittadan oltin medal olib kelishdi.

Erkaklar bellashuvida ikkinchi o‘rinni shvetsiyalik Teodor Peterson, uchinchi o‘rinni esa uning yurtdoshi Emil Yonsson egalladi.

Sprint chang‘i poygasining ayollar bellashuvida kumush medal norvegiyalik Invild Flustadga, bronza medal esa sloveniyalik Vesna Fabyanga nasib etdi.

O‘zbekistonlik sportchilarning Sochi-2014 dagi chiqishlari 13-14 fevral kunlari boshlanadi. 13 fevral kuni chang‘ichi Artyom Voronov va figurist Mixail Ge, 14 fevralda chang‘ichi Kseniya Grigoryeva bellashuvni boshlaydi.
XS
SM
MD
LG