Линклар

Sochida o‘tayotgan Qishki Olimpiadaning beshinchi kunida Germaniya jamoasi oltin medallar soni bo‘yicha peshqadamga aylandi. Ayni damda Germaniya hisobida oltita oltin medal bor.

Medallar umumiy soni bo‘yicha esa Norvegiya 12 medal – 4 oltin, 3 kumush va 5 bronza bilan birinchilikni saqlab qolmoqda.

Bugun, 13 fevral kuni o‘zbekistonlik figurist Misha Ge qisqa dastur bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirokini boshlaydi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Olimpiada o‘yinlarining oltinchi kunida 6 komplekt medal o‘ynaladi. Bugungi 20 kilometrlik biatlon bellashuvlarida norvegiyalik Ole Eynar Byorndalen o‘zining Qishki Olimpiada o‘yinlaridagi 13-medalini qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG