Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy tema jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkenting "Lokomotiv" klubi murabbiyi etib tayinlandi.

Shu kungacha "Loko"ga murabbiylik qilib kelgan Hakim Fuzaylov esa Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish vazisafini uddalay olmagani uchun lavozimidan chetlatildi.

Eslatamiz, 9 fevral kuni Fuzaylov yetakchilik qilgan "Lokomotiv" jamoasi Toshkentda o'tgan uchrashuvda "Al Kuvayt" jamoasiga 1:3 hisobida mag'lub bo'lib, OChL saralash o'yinlarini tark etgan edi.

2010-2012 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasiga yetakchilik qilgan Abramov murabbiylik faoliyatini Farg'onaning "Neftchi" jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan.

Keyinchalik u O'zbekistonning "NBU-Osiyo", "Traktor", "Lokomotiv" klublari hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga ham murabbiylik qilgan.

Milliy terma jamoani boshqarish davrida Vadim Abramov Osiyo kubogida 4-o‘rinni egallagan. JCh-2014 saralash bosqichida esa jamoani hal qiluvchi guruh bosqichigacha olib chiqqan.

O'tgan yiling dekabr oyida Abramov Qozo'istonning yetakchi futbol klublaridan biri bo'lmish "Astana" klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Biroq 51 yoshli mutahassis klub rahbariyatining almashishi tufayli qisqa vaqt ichida lavozimini tark etishga majbur bo'lgandi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG