Линклар

logo-print
Sochida o‘tayotgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida muzda nafis uchish bo‘yicha qatnashayotgan o‘zbekistonlik sportchi Misha Ge bellashuvlarning yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldi.

13 fevral kuni o‘tgan saralash bosqichda 22 yoshli Ge qisqa dastur musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 24 sportchi orasida 18-o‘rinni egalladi.

Bugun o‘tishi rejalangan yakuniy bosqich erkin dastur bo‘yicha o‘tkaziladi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Takidlash joiz, Misha Gening asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan rossiyalik taniqli figurist Yevgeniy Plyushenko belidagi jarohati tufayli musobaqani tark etdi.

Olimpiada o‘yinlari chempioni, ikki karra kumush medali sohibi Plyushenko yakshanba kuni muzda nafish uchish bo‘yicha jamoaviy bellashuvlarda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Sochi Olimpiadasining oltinchi kuni natijalariga ko‘ra, Germaniya jamoasi hamon oltin medallar bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. Ayni damda Germaniya hisobida yettita oltin medal bor. Rossiya ikkita oltin medal bilan yettinchi o‘rin egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG