Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:03

O'zbekiston FIFA reytingida 8 pog'ona yuqoriladi


FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning fevral oygi reytingida O‘zbekiston 8 pog'ona yuqorilab, 57-o‘ringa ko'tarilib oldi.

Tema jamoaning yuqoriga ko'tarilishiga qo'lga kiritilgan yangi ochkolar emas, balki 2010 yilgi ballarning hisobdan chiqarilib yuborilishi sabab bo'ldi. FIFA reytingini tuzishda terma jamoaning so'nggi to'rt yillik ochkolari hisoblanadi. Ayni damda O'zbekiston terma jamoasi hisobida 569 ball bor.

Bu natija O‘zbekistonning Osiyo qit‘asi terma jamoalari orasida ikki pog'ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko'tarilishiga sabab bo'ldi.

Eron terma jamoasi jahonda 38-o‘rinni egallab Osiyo mintaqasida eng kuchli bo‘lib turibdi. Osiyo reytingida ikkinchi o'rinni Yaponiya, uchinchi o'rinni esa Avstraliya jamoalari egallagan.

Jahon reytingining birinchi uchtaligi esa o'tgan oydan beri o'zgarmadi - birinchi Ispaniya, ikkinchi Germaniya, uchinchi Argentina.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Tojikiston 110, Qozog'iston 128, Turkmaniston 129, Qirg'iziston 148-o'rinda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni egallagan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi. Reytingning to‘liq jadvali bilan FIFA rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG