Линклар

O‘zbekistonda imom-xatiblarning kommunal xizmatlardan “qarzdorlik” mavzusiga doir ma‘ruzalar bilan chiqishlari ko‘paymoqda.

Juma kunlari masjidlarda qilinadigan amru-ma‘ruf, tele va radio kannallarda uzatiladigan islomiy dasturlarda ham ushbu mavzuga katta urg‘u berilayotir.

Toshkentdagi “Tuxtaboy” jome‘ masjidi imomi Isoqjon Begmatovga ko‘ra, “Fuqaroning muayyan tashkilot oldidagi majburiyati xam qarzdorlikning bir turidir. Komunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar xam ushbu turkumga kiradi. Bularning shar‘iy hukmi insoning insonga qarz bo‘lgan holati bilan baravar bo‘ladi.”

Avvalroq Ozodlik radiosi byudjet tashkilotlari va bank xodimlari oyliklaridan kommunal xizmatlar to‘lovlari ushlab qolinayotganii xaqida xabari bergan edi.
XS
SM
MD
LG