Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:01

Sochi-2014: O'zbekistonlik Kseniya Grigoryeva gigant slalom bo'yicha bellashuvlarni boshlaydi


Bugun, 18 fevral kuni Sochi Olimpiadasida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik chang'ichi Kseniya Grigoryeva ayollar o'rtasidagi gigant slalom bo'yicha bellashuvlarda qatnashadi.
Musobaqaning birinchi bosqichi Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
26 yoshli xalqaro toifadagi sport ustasi Kseniya Grigoryeva 2003 yildan beri O'zbekiston terma jamoasi a'zosidir. U 2010 yilda Kanadaning Vankuver shahrida o'tgan XXI Qishki Olimpiada o'yinlarida ham ishtirok etgan. O'shanda u gigant slalomning ikki bosqichi natijasiga ko'ra 58-o'rinnig egallagan.
Esingizda bo'lsa, Sochi Olimpiadasining ochilish marosimida O'zbekiston bayrog'ini ko'tarib chiqish kabi sharafli vazifa aynan Grigoryevaga topshirilgan edi.
XXII Qishki Olimpiada o'yinlarida O'zbekistondan uch nafar sportchi qatnashmoqda.
Chang'ichimiz Artyom Voronov 19 fevral kuni erkaklar o'rtasidagi gigant slalom bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.
O'zbekistonlik figurist Misha Ge esa 14 fevral kuni Sochi Olimpiadasining muzda nafis uchish bellashuvlari yakuniy bosqichida 24 sportchi orasida 17-o'rinni egallagandi.
17 fevral yakunlariga ko'ra, oltin medallar soni bo'yicha Germaniya jamoasi 8 ta oltin bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni Rossiya egallab turibdi. Mezbon jamoa hisobida hosircha 5 ta oltin medal bor.
XS
SM
MD
LG