Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:20

Sochi-2014: Kseniya Grigoryeva gigant slalom bellashuvida 64-o'rinni egalladi


Sochi Olimpiadasida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik chang'ichi Kseniya Grigoryeva 18 fevral kuni o'tgan ayollar o'rtasidagi gigant slalom bellashuvlarida 64-o'rinni egalladi.

Ikki bosqichning umumiy hisobida 3:11.54 natijasini ko'rsatgan Grigoryeva oltin medalni qo'lgan kiritishga muvaffaq bo'lgan sloveniyalik Tina Mazedan 34.67 soniyaga ortda qoldi.

Eslatamiz, 26 yoshli o'zbekistonlik chang'ichi 21 fevral kuni slalom bahslarida ham ishtirok etadi.

Xalqaro toifadagi sport ustasi Kseniya Grigoryeva 2003 yildan beri O'zbekiston terma jamoasi a'zosidir. U 2010 yilda Kanadaning Vankuver shahrida o'tgan XXI Qishki Olimpiada o'yinlarida ham ishtirok etgan.

Vankuverning gigant slalom bahslarida u 58-o'rinni egallab, slalom bellashuvlarida finishgacha yetib bormagan edi.

Rossiyaning Sochi shahrida o'tayotgan XXII Qishki Olimpiada o'yinlarida O'zbekistondan uch nafar sportchi qatnashmoqda.

Chang'ichimiz Artyom Voronov 19 fevral kuni erkaklar o'rtasidagi gigant slalom bo'yicha bellashuvlarda, 22 fevral kuni esa slalom bahslarida ishtirok etadi.

O'zbekistonlik figurist Misha Ge esa 14 fevral kuni Sochi Olimpiadasining muzda nafis uchish bellashuvlari yakuniy bosqichida 24 sportchi orasida 17-o'rinni egallagandi.

17 fevral yakunlariga ko'ra, oltin medallar soni bo'yicha Germaniya jamoasi 8 ta oltin bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni Rossiya egallab turibdi. Mezbon jamoa hisobida hosircha 5 ta oltin medal bor.
XS
SM
MD
LG