Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:57

Kiyevdagi to‘qnashuvlarda kamida 18 kishi halok bo‘ldi


Kiyevda 19 fevralga o‘tar kechasi OMON va muxolifat tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etdi.
18 fevral kuni boshlangan to‘qnashuvlarda kamida 18 kishi o‘lgani, 200 dan ortiq odam jarohatlangani xabar qilinmoqda.
Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, o‘lganlarning 11 nafari tinch fuqaro, 7 nafari militsiya xodimidir. 18 fevral 3 oydan buyon davom etayotgan namoyishlar chog‘ida kuzatilgan eng qonli to‘qnashuvlar kuni bo‘ldi.
Chorshanba kuni tongga yaqin muxolifat liderlari Vitaliy Klichko va Arseniy Yatsenyuk prezident Vladimir Yanukovich bilan bo‘xronga barham berish masalasida uchrashdi. Biroq Klichko uchrashuv samarasiz yakunlanganni bildirmoqda.
Avvalroq AQSh vitse prezidenti Jo Bayden Yanukovichni OMONdan foydlanmaslikka va imkoni boricha borsiq bo‘lishga chaqirgan edi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar mutasaddisi Ketrin Eshton Yanukovichni “bo‘xronning asosiy omillarini bartaraf etishga” chaqirgan.
Xabarlarda muxolifat tarafdorlari tomonidan Ukraina g‘arbidagi bir qator viloyatlarda, jumladan, Lvov, Ivanovo-Frankov va Ternoplda hukumat va politsiya binolari ishg‘ol qilingani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG