Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:52

Pokistonda nikohsiz jinsiy aloqda bo‘lganlar toshbo‘ron qilindi


"Kite Runner" badi'iy filmidan lavha
"Kite Runner" badi'iy filmidan lavha
Pokiston janubi sharqida nikohsiz jinsiy aloqada bo‘lganligi gumonlangan ayol va erkakni toshbo‘ron qilgan olti odam qo‘lga olindi.

Toshbo‘ron oqibatida o‘lgan 20-30 yoshlar o‘rtasidagi ayolning va erkakning oilalari bo‘lgan.

Politsiyaga ko‘ra, bu voqea 16 fevralda Balujiston viloyatining Loralay tumanidagi qishloqda sodir etilgan. Qo‘lga olinganlar orasida ayolning otasi, erkakning tog‘asi, shuningdek, ayol va erkakni tosho‘bo‘ron qilishga buyruq bergan mulla ham bor.

Pokistonda har yili oila or-nomusini to‘kdi degan sabab bilan yuzlab odamlar o‘ldiriladi. Biroq toshbo‘ron qilish hodisasi kamdan-kam sodir etiladi.
XS
SM
MD
LG