Линклар

logo-print
Sochi Olimpiadasida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik chang'ichi Artyom Voronov 19 fevral kuni o'tgan erkaklar o'rtasidagi gigant slalom bellashuvlarida 67-o'rinni egalladi.

Poyganing ikki bosqichida umumiy 3:15.45 natijasiga erishgan Voronov oltin medalga sazovor bo'lgan amerikalik Ted Ligetidan 30 soniya ortda qoldi.

Eslatamiz, 20 yoshli o'zbekistonlik chang'ichi 22 fevral kuni slalom bahslarida ham ishtirok etadi.

Xalqaro toifadagi sport ustasi Artyom Voronov 2005 yildan beri O'zbekiston terma jamoasi a'zosidir. Sportchi Sochi Olimpiadasi litsenziyasini 2013 yilning avgust-sentabr oylarida Yangi Zenlandiyada o'tgan musobaqalarda qo'lga kiritgan edi.

Rossiyaning Sochi shahrida o'tayotgan XXII Qishki Olimpiada o'yinlarida O'zbekistondan uch nafar sportchi qatnashmoqda.

Oltin medallar soni bo'yicha ayni damda Norvegiya jamoasi 8 ta oltin (jami 19 ta medal) bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni Germaniya jamoasi egallab turibdi (8 ta oltin, jami 15 ta medal). Mezbon jamoa hisobida hosircha 6 ta oltin medal bor.
XS
SM
MD
LG