Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:21

Import dorilar qimmatlaydi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 11 fevral kungi qarori bilan mamlakatga soliqsiz kiritiladigan dorilar soni qisqardi. Ayni paytda soliq imtiyoziga molik bo‘lmagan dori-darmonlar soni 45 tadan 67 ga ko‘tarildi.

Qaror indallosida yozilishicha¸ bu ro‘yxatning kengaytirilishi mamlakat aholosini dori-darmon bilan ta‘minlashda keng imkoniyat yaratadi.

Ozodlik suhbatlashgan toshkentlik aptekachilar esa bu qarordan keyin dori narxi oshib ketishini aytishdi.

Toshkentda o‘nlab dorixonani o‘zida birlashtirgan shirkatning o‘zini Muzaffar deb tanishtirgan xodimi Ozodlikka bu qarordan keyin chet eldan keltirilgan dorilar narxi oshishini ta‘kidladi:

- Siz bir narsaga e‘tibor bering¸ imtiyozli soliq joriy qilinmagan dori va dori komponentlarining import ro‘yxati deyarli ikki marta oshirildi. Bu katta soliqqa tortilgan dori va dori komponentlari ko‘payadi deganidir. Masalan¸ o‘zi bir so‘m bo‘lgan dori ustiga yana bir so‘m soliq ham minsa¸bu dori yoki import komponentdan tayorlangan dorining chakana narxi qimmatlaydi¸ deydi toshkentlik dorifurush.

Suhbatdoshning aytishicha¸ aptekadagi dori narxlarniing astroniomik darjada ko‘tarilib ketmasligini soliq imtiyozlari asosida keltiriladigan dorilar ta‘minlab turgan.

- O‘zbekistonga dorilar¸ dori tayyorlash uchun komponentlar va tibbiyot hamda veterinar uskunalari import qilinganida qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan edi. Ammo 45 nomdagi doriga bu imtiyoz joriy qilinmagan edi.

Hozir soliq imtiyozisiz mamlakatga kiritiladigan dorilar soni 67 qilib belgilandi. Faqat dorilar emas¸ dori yasash uchun zarur bo‘lgan komponentlar ham bor bu ro‘yxatda. Tashqaridan ijobiy ko‘ringan bu qaror oqibatida dori narxlari oshib ketadi¸ deb ta‘kidladi suhbatdosh.

O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ bu qaror mamlakatdagi dori-darmon sanoatini stimulyatsiya qilish maqsadida qabul qilingan:

- Dori narxi oshadi¸ degan gap qisman to‘g‘ri. Import dorilar yoki import unsurdan tayorlangan dorilar narxi oshishi mumkin. Bu oshish ham ikki oydan keyin bilinadi. Lekin O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dorilar narxiga bu qaror ta‘sir qilmaydi. Balki¸ mahalliy dorilar narxi tushishi ham mumkin¸ dedi O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligidagi Ozodlik manbasi.

Manbaning aytishicha¸ import qilinadigan dorilar ro‘yxati kengayishi mamlakatda keng qamrov kasb etgan dori kontrabadasiga barham berish maqsadida qilingan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ o‘tgan yili sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori-darmon vositalari va farmatsevtika mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga holatlari ko‘p kuzatilgan:

- Masalan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari bir kunning ichida 28 turdagi dori-darmon vositalarini kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirayotgan bir necha kishini qo‘lga olishdi. Ular 73 ming dona dori-darmon vositalarini noqonuniy olib kirishga urinishgan edi¸ deydi suhbatdosh.

O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ bunday holatning oldini olish uchun hukumat bir necha tadbirlarni amalga oshirgan:

- Masalan¸ O‘zbekiston hukumati iste‘mol qutisiga ega dori-darmonlarni mamlakatga olib kirish tartibini osonlashtirdi¸ deydi suhbatdosh.

Yangi tartib hukumatning shu yil 5 fevralida chiqarilgan va norma.uz saytida chop qilingan “Import qilinayotgan ayrim turdagi iste‘mol mollarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 22-sonli qarorida aks etgan.
XS
SM
MD
LG