Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:49

Kiyevdagi to‘qnashuvlarda so‘nggi ikki kunda o‘lganlar soni 70 kishiga yetdi


Кучишлатар ходимлар снайпер винтовкалари ва Калашников автоматларидан отмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00
Yevropa Ittifoqi vazirlarining Ukraina hukumati va muxolifati bilan mamlakatdagi bo‘xrondan chiqish bo‘yicha o‘tkazayotgan muzokalari davom etmoqda.
Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Loren Fabius so‘zlashuvlarni “o‘ta murakkab” deya baholadi. Uning polshalik hamkasbi Radoslav Sikorskiy esa muzokaralarda ijobiy siljish borligini aytib o‘tdi.
YeI Ukrainada so‘nggi bir necha kundan beri davom etayotgan qonli to‘qnashuvlarga mas‘ul deya ko‘rilgan mulozimlarga nisbatan aktivlarni muzlatish va viza cheklovlarini joriy etdi.
Kiyevning Mustaqillik maydonida payshanba kuni ro‘y bergan to‘qnashuvlarda kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Seshanbadan beri o‘lganlarning soni 75 kishidan oshgani aytilmoqda.
Internetda paydo bo‘lgan videolarda militsiya namoyishchilarga qarshi snayper miltiqlari va avtomatlardan foydalangani ko‘rsatilgan.
Kiyev shahri ma‘muriyati yetakchisi, prezident Viktor Yanukovichning yaqin safdoshlaridan biri Vladimir Makeyenko Regionlar partiyasidan chiqayotganini e‘lon qildi.
Ukraina ichki ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Vitaliy Zaxarchenko politsiya qo‘shinlariga jangovar qurol tarqatilgani va uni qonunga ko‘ra ishlatish buyurilganini bildirdi.
Zaxarchenko, uning ta‘biri bilan aytganda, “ekstremistlar”dan o‘z ixtiyorlaridagi qurolni topshirish va muxolifat yetakchilaridan zo‘ravonlikni qoralashni talab qildi.
CNN telekanali muxolifatga tayanib, payshanba kunning o‘zida 100 kishi halok bo‘lganini xabar qildi.lishicha, tartibsizliklar ro‘y berayotgan joyda jasadlar yotganini ko‘rish mumkin.

Тиббий ходимлар ўлган ва ярадор бўлганларни олиб чиқишмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:49 0:00


Mustaqillik maydonidagi namoyishchilar politsiya kordonini tosh va Molotov kokteyllari yordamida yorib o‘tishga harakat qildi, bunga javoban politsiya yelim o‘qlar bilan ko‘z yoshini oqizuvchi gaz qo‘lladi. Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, zo‘ravonliklarda jangovar o‘qlar ishlatilgan.

G‘arb xabar agentliklari payshanba kuni halok bo‘lganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.



Mustaqillik maydoniga ertalabdan muxolifat tarafdorlari kela boshladi va ba‘zi-hisob kitoblariga ko‘ra, hozirda u yerdagi namoyishchilar soni 30 mingga yetgan bo‘lishi mumkin.

Keivdan YeI diplomatlari bilan prezident Viktor Yanukovich o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv to‘g‘risida bir-biriga zid xabarlar kelmoqda.

Институтский кўчасида тўқнашув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:17 0:00


Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, muzokaralar Kiyevdagi prezident qasridan boshqa joyga ko‘chirilgan va Yevropa rasmiylari hozirda Yanukovich bilan uchrashmoqda.

Undan avval uchrashuv qoldirilgani va Germaniya, Frantsiya va Polsha tashqi ishlar vazirlari Kiyevni tark etgani to‘g‘risida xabar paydo bo‘lgan edi.

Frantsiya, Germaniya va Polsha tashqi ishlar vazirlari payshanba kuni Kiyevda bo‘hronni hal qilish borasida muzokara o‘tkazish uchun Ukrainaga kelgan edi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy hafta halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetganini ma‘lum qildi.

Ichki ishlar vazirligining ma‘lum qilishicha, payshanba kuni bir politsiyachi halok bo‘lgan, 29 nafari jarohatlangan.

Voqea joyidan olinayotgan to‘qnashuvlarda jangovar o‘qlar ishlatilgani to‘g‘risida xabarlar kelmoqda.

Parlament va hukumatning asosiy binosi norozilar tomonidan egallab olinishi ehtimoli bois evakuatsiya qilindi.

Ukraina matbuoti xabariga ko‘ra, ichki ishlar qo‘shinlarining bir qismi norozilar tarafiga o‘ta boshlagan.

Payshanbaga o‘tar kechasi muxolifat yetakchilari va prezident Viktor Yanukovich “sulh” tuzish borasida kelishib olgan edi.

Muxolifat yetakchisi Vitaliy Klichko shaxsiy Internet saytida to‘qnashuvlarning qayta boshlanishini “hukumat tomonidan rejalashtirilgan provokatsiya”, deya atadi.

Seshanba kuni Kiyevda norozilar bilan hukumat o‘rtasidagi qaramaqarshilik keskinlashganidan beri 30dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu o‘tgan yilning noyabridan beri prezident Yanukovichga qarshi noroziliklar avj olganidan beri eng qonli voqealardir.

Bo‘hronga siyosiy yechim topishning so‘nggi imkoniyati o‘laroq Kiyevda prezident Yanukovich bilan YeI tashqi ishlar vazirlari uchrashdi.

Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valьter Shtaynmayeyr va Polьsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski ishtirokidagi muzokaralar Kiyev markazidagi prezident qasri oldida jang boshlanib ketgani bois kechikitirilib, boshqa joyga ko‘chirildi.

Uchrashuv oldidan Germaniya vaziri Shtaynmayyer bunday bayonot berdi.

- Ukraina kelajagi faqatgina Ukrainada hal bo‘lishi mumkin va uni ko‘chadagi zo‘ravonliklar yordamida emas, balki mojaroga siyosiy yechim topish jarayoni orqali hal bo‘lishi mumkin. Biz barcha tomonlarni ana shu yo‘lni tanlash kerakligiga ko‘ndirishga harakat qilmoqdamiz, dedi Shtaynmayyer.

Uchrashuvdan keyin muxolifat yetakchisi Klichko vaziyat juda murakkablashganini e‘tirof etdi.

- Vaziyatni nazorat qilish juda qiyinlashdi. Hozir haqiqiy jangovar harakatlar boshlanganini ko‘rib turibmiz. Biz buni istamaymiz va bu haqda YeI tashqi ishlar vazirlariga bildirdik. Hozir eng muhimi, qurbonlar sonini minimallashtirish uchun qon to‘kilishini to‘xtatish kerak, dedi Klichko.

YeI tashqi ishlar vazirlari payshanba kuni kechqurun Bryusselda favqulodda majlisda Ukrainaga nisbatan sanktsiya joriy qilish masalasini ko‘rib chiqadi.

Hukumatga qarshi noroziliklar o‘tgan yilning noyabrida Yanukovichning Rossiya tomonidan 15 milliard AQSh dollariga teng yordam evaziga YeI bilan hamkorlik bitimini imzolashdan bosh tortgani ortidan kelib chiqdi.
XS
SM
MD
LG