Линклар

logo-print

Dunyo bo'ylab millionlab odam Toshkent vaqti bilan taxminan soat 22:00 dan boshlab WhatsApp dasturi orqali maktub olmayotgani va yuborgan maktublari manziliga yetib bormaganidan shikoyat qila boshladi.

WhatsApp o'zining Twitterdagi sahifasida serverlar bilan bog'liq muammo yuzaga kelganini bildirib uzr soradi va qisqa vaqt ichida nosozliklarni bartaraf etilishga vada berdi.


WhatsApp nosozlikka uchragani haqida bildirdi

WhatsApp nosozlikka uchragani haqida bildirdi

WhatsApp ishlamay qolganidan 1 soat o'tar o'tmas WhatsApp foydalanuvchilari sarosimaga tushganini Twitter orqali kuzatish mumkin edi. Bazilar WhatsApp endi tugadi, kabi fikrlarni bildirgan bo'lsa, boshqalar 19 milliar dollar olganidan keyin barchasi dam olishga ketvorishdi shekilli qabilidagi hazillarni qildi.

13 Febral kuni Facebook shirkati WhatsApp dasturini 19 milliard AQSH dollariga sotib olgani haqida elon qildi. Bu esa dunyo bo'ylab yana millionlab odamlarning qiziqishini oshirib yubodi va ular ham bu dasturdan foydalana boshlashgan. Ekspertlar fikricha bunday oqimga WhatsApp serverlari bardosh berolmaganidan dastur ishida uzilish yuzaga keldi.

Maqola yozilayongan vaqt (Toshkent vaqti bilan tonggi 3:25 da) WhatsApp hali ishga tushmagan edi.



Ozodlik radiosining zamonaviy texnologiyalar bo'yicha tahlilchilari WhatsApp kelajagini shunday bashorat qiladi:

1. Hozirda WhatsApp ga kuniga kamida 1 million yangi foydalanuvchi qo'shilmoqda. Yangi foydalanuvchilar soni tez oraga 1 milliard odamdan oshadi.

2. WhatsApp dasturining sifati oshadi. Shu bugungi kungacha WhatsAppda atigi 50 kishi ishlagan. Whatsappda ishlayotgan programmistlar soni 300 kishidan oshadi.

3. WhatsApp dasturi tezlashadi. Kamchiliklari bartaraf etiladi. Facebook va Instagram bilan bog'lab qo'yiladi. Yani endi siz WhatsApp orqali oladigan foto videolarni to'g'ri Facebook yoki Instagramga joylashtira olasiz.

4. WhatsApp savdo tarmog'ida mijozlar bilan muloqot vositasiga aylanadi.

5. WhatsApp mobil dastur bo'lib qoladi ammo bu dastur Ipad va Android planshetlariga ham ornatiladigan bo'ladi.

6. WhatsApp o'z raqobatchilari Telegram, WeChat va LINE dasturlarini juda ortda qoldiradi.

7. WhatsApp da reklama paydo bo'lishi mumkin.

8. WhatsApp da ayrim pullik hizmatlar joriy etiladi, ammo asosan hozir ishlatayotganimiz funktsiyalar bepul qoladi.

9. WhatsApp va Facebookdagi kontaktlar birlashadi. Misol: Siz barcha Facebookdagi do'stlaringizni WhatsAppga yoki WhatsAppdagi kontaktlaringizni Facebookga tashlashingiz mumkin bo'ladi.

10. Unutmang WhatsApp 19 milliard dollarga sotib olingan va uni shu pulga olgan 29 yoshli milliarder, genial Facebook ixtirochisi Mark Zukerberg undan-da ko'proq pul qilish niyatida.

Mobil dasturlar oldi-sotti tarixida bunaqasi bo'lmagan.

Qo'shimcha savollar bo'lsa quyidagi WhatsApp raqamiga murojaat qiling +420724971539

Siz nima deb oylaysiz?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG