Линклар

logo-print
O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin Dubay shahrida o'tkaziladigan turnirining ilk uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga tushadi.

26 yoshli serbiyalik har yili o'tkaziladigan ushbu musobaqaning birinchi raketkasi va amaldagi chempionidir.

Ayni damda ATP jahon reytingining 54-pog'onasini egallab turgan Denis Istomin shu kungacha Jokovichga qarshi to'rt marotaba kortga chiqib, barchasiga mag'lubiyatga uchragan.

So'nggi bor tennischilar joriy yilning yanvar oyida o'tgan "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi Australian Open xalqaro musobaqasida bellashishgan edi.

24 fevraldan 1 martgacha o'tadigan mazkur turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 2,3 million AQSh dollarini tashkil etadi. Turnir g'olibiga 465 ming dollarilik mukofot pulidan tashqari ATP reytingida 500 ochko beriladi.

Asosan Moskvada istiqomat qiluvchi 27 yoshli Denis Istominga uning onasi Klavdiya Istomina murabbiylik qiladi.
XS
SM
MD
LG