Линклар

logo-print
Facebook shirkati 2010 yil noyabr oyida ishga tushirgan "@facebook.com" elektron pochta manzilidan foydalanishni to‘xtatdi.

Facebook shirkati matbuot kotibi buni aksar odamlar Facebook dagi o‘z elektron pochta manzillaridan foydalanmayotgani bilan izohlagan.

Unga ko‘ra, "@facebook.com" elektron pochta manzili mart oyi boshidan ishlamaydi.

O‘tgan haftada Facebook shirkati WhatsApp mobil messenjerini 19 millard AQSh dollariga sotib olishga qaror qilganini bildirdi.

Hozirda WhatsApp messenjeridan 450 million odam foydalanadi.

Facebook shirkati asoschisi va sohibi Mark Sukerberg WhatsApp dan foydalanuvchilar sonini bir milliarddan oshirish niyatida ekanini bildirdi.
XS
SM
MD
LG