Линклар

AQShning Florida shtatida havaskor uchuvchining propellerli samolyotdagi parvozi paytida qush bilan to'qnashgani tasvirlangan video shu kunlarda Internetda ko'plar tarafidan ko'rilmoqda.

Videoda tasvirlangan voqea 23 fevral kuni Fort Mayers shahri yaqinida ro'y berdi. havaskor pilot Robert Ueber boshqargan samolyot ming metrlik balandlikda soatiga 270 km tezlikda uchib ketayotib qush bilan to'qnashdi.

To'qnashuv natijasida pilot kabinasidagi oyna parchalib, kuchli shamol shiftning bir qismini uchirib ketdi.

Samoloytga jiddiy shikast yetganiga qaramay, Ueber qiyinchiliklarsiz aerodromga qo'nishga muvaffaq bo'lgan. Bunda unga atrofdan yordamga kelgan havaskor pilotlar ko'maklashgani aytilmoqda.



Robert Ueber samolyotda yolg'iz bo'lgani va voqeada unga jiddiy shikast yetmagani xabar qilinmoqda.

Ushbu voqeadan so'ng mahalliy gazetaga bergan intervyusida Ueber uchib kelayotgan qushni ko'rmaganini aytadi.

- Qush uchib kelayotganini ko'rmadim. Yaxshiyam u propellerga tegmasdan, oyna siniqlari bilan kabina ichiga kirib qoldi. Keyin chiqib ketdi, - dedi havaskor uchuvchi News-Press gazetasiga.
XS
SM
MD
LG