Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:45

San-Fransiskodagi ko‘prik suiqasd bo‘yicha rekord o‘rnatdi


"Oltin darvoza" ko'prigi
"Oltin darvoza" ko'prigi
AQShning San-Fransisko shahridagi mashhur “Oltin darvoza” ko‘prigi 2013 yilda o‘z-o‘zini o‘ldirish joyi sifatida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Ko‘prik ustida o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha statistika yurg‘izayotgan The Bridge Rail Foundation nohukumat tashkiloti 2013 yilda balandligi 70 metrlik bu ko‘prikdan o‘zini San-Fransisko ko‘rfazi suvlariga tashlash orqali 46 odam o‘lganini e‘lon qildi.

Ayni paytda¸ 118 nafar joniga qasd qilishni rejalagan amerikaliklarni politsiyachilar o‘z-o‘zini o‘ldirish qaroridan voz kechtirishga muvaffaq bo‘lgan.

The Bridge Rail Foundation mahalliy hokimiyatga ko‘p marta murojaat qilib¸ ko‘prik tagida o‘zini suvga otganlarni ushlab qoluvchi maxsus to‘r o‘rnatishni so‘rab kelmoqda.

Ammo hozircha bu to‘r o‘rnatish uchun lozim bo‘lgan 66 million dollar mablag‘ ajratish paysalga solinmoqda.
XS
SM
MD
LG