Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:07

Rossiyadan pul jo‘natish bo'yicha o'zbek muhojirlari yana birinchi


Jahon banki hisob-kitobiga ko‘ra¸ Rossiyadan xorijga jo‘natilayotgan pullar¸ asosan¸ postsovet hududidagi 10 mamlakatga yo‘naltirilgan va ular orasida O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallaydi.

Jahon banki mutaxassislari 2012 yilda Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘z vataniga jami 6¸2 milliard AQSh dollari jo‘natgani va bu Rossiyadan xorijga yuborilgan umum mablag‘ning 24¸6 foizini tashkil qilganini aytmoqdalar.

Bu borada ikkinchilik ukrainaliklarga berilgan va ular 2012 yilda Rossiyadan 3¸4 milliard dollar¸ uchinchilikni egallagan tojikistonliklar esa¸ 3¸1 milliard dollar mablag‘ jo‘natganlar.

Rossiyadan xorijga yuborilayotgan mablag‘ning 97¸7 foizi asosan 10 sobiq ittifoqdosh hududiga ketmoqda va bu ro‘yxatga Estoniya hamda Qozog‘iston kiritilmagan.

Mutaxassislarga ko‘ra¸ 2013 yilda ham Rossiyadan o‘z vataniga pul jo‘natayotgan mehnat muhojirlari orasida o‘zbekistonliklar birinchilikni saqlab qolgan.

Muhojirlar soni jihatdan ham yillardan beri Rossiyada birinchi bo‘lib kelayotgan o‘zbekistonliklar soni¸ taxminlarga ko‘ra¸ 3-5 millionni tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG