Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:07

O‘zbekiston aeroportlarida Rossiyaga meva-cheva olib borish taqiqlandi


O‘zbekiston aeroportlarida Rossiyaga o‘simlik mahsulotlari olib o‘tish vaqtincha taqiqlandi.

O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatining rasmiy saytida bildirilishicha, bunga Rossiya Veterinar va fitosanitariya nazorati federal xizmatining mamlakat hududiga yo‘lovchilar tomonidan o‘simlik mahsulotlari olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘lgan.

O‘simlik mahsulotlari ro‘yxatiga Rossiya federal xizmati o‘t-alaflar mevalarini, dekorativ o‘simliklar, sabzavot va mevalar, yong‘oq, qoqi mahsulotlarini kiritgan.

Eslatamiz, joriy yilning 1 fevralidan O‘zbekiston aeroportlaridan uchib o‘tadigan yo‘lovchilarga havo kemasi sahnida qo‘l yuki tarkibida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketish taqiqlangandi. Suyuqliklar yo‘lovchilarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajiga joylashtirilishi lozim.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasiga ko‘ra, istisno tariqasida bolalar ovqati va parvoz vaqtida muntazam talab etiladigan dori vositalari olib ketishga ruxsat etiladi. Bolalar ovqati va dori vositalari shaffof, zich yopiladigan, hajmi 1 litrdan ko‘p bo‘lmagan plastik paketlarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
XS
SM
MD
LG