Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 22:25

Futbol: O‘zbekiston-BAA uchrashuviga chiptalar bugun sotuvga chiqadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 5 mart kuni Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘tkazadigan o‘yni uchun chiptalar 28 fevraldan boshlab sotuvga chiqariladi.

Chiptalarni uchrashuv bo‘lib otadigan “Bunyodkor” stadioni kassalaridan sotib olish mumkin. Biletlar narxi toifasiga qarab 15 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha bo‘lishi aytilmoqda.

Murabbiy Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk o‘yinoldi mashg‘uloti payshanba kuni “JAR” stadionida o‘tkazildi.

2015 yili Avstraliyada o‘tadigan Osiyo Kubogining saralash guruh bosqichi doirasida o‘tadigan O‘zbekiston-BAA uchrashuvi 5 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 boshlanadi.
XS
SM
MD
LG