Линклар

logo-print
AQSh prezidenti Barak Obama 28 fevral kuni Oq uydan turib qilgan bayonotida Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy harakatlaridan jiddiy tashvish bildirdi va bu harakatlar uchun albatta javobgarlik bo’lishidan ogohlantirti.

“Ukraina halqi o’z kelajagini o’zi belgilash imkoniyatidan foydalanishga haqlidir. Butun inqiroz davomida biz aynan mana shu tamoyilga amal qilib keldik”, dedi Barak Obama.

Prezident Obama bir necha kun avval prezident Putin bilan muloqot qilganini va unga Ukrainani barqarorlashtirish uchun birgalikada harakat qilishni taklif etganini aytdi.

“Endi esa biz Rossiyaning Ukraina hududida olib borayotgan harbiy harakaratlaridan jiddiy havotirdamiz. Ukraina suvereniteti va hududiy daxlsizligining poymol etilishi haddan ziyod beqarorlikni keltirib chiqaradi. Bu esa Ukraina, Rossiya va Evropa manfaatlariga ziddir”, dedi Barak Obama.





AQSh prezidenti o’zining bu qisqa bayonotini qilar ekan yuzida tashvish alomatlari sezilib turardi.

“Dunyo davlatlari Olimpiada o’yilari uchun Rossiyaga kelganidan beri sanoqli kunlar o’tgach Rossiya harakatlari dunyo bo’ylab ko’plab davlatlar tomonidan qoralanadi. AQSh ham ular bilan yonma-yon turib Ukraina hududiga qilingan har qanday harbiy intervensiya uchun oqibatlar bo’lishini ta’kidlaydi”, dedi Obama.

Prezident bayonotidan so’ng CNN televideniyesiga o’z munosabatini bildirgan respublikachi senator Jon MakKeyn president Obama avvallari prezident Putin va uning maqsadlari borasida soddadil bo’lgani va endi nihoyat ko’zi ochilganini aytdi.

“Biz guvohi bo’layotganimiz, Vladimir Putin Ukrainani Rossiyaning tarkibiy qismi deb biladi va uni shunchaki qo’ldan boy berib qo'ymaydi”, dedi senator Mak Keyn.

Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy harakatlariga javoban janob Mak Keyn AQSh bir qator choralar ko’rishi mumkinligini aytdi.

“Rossiyani G8 dan chiqarishimiz, bugungi harakatlarga mas’ul odamlarni Magnitskiy aktiga qoshib qo’yishimiz, iqtisodiy sanksiyalar qo’llashimiz, Chehiyada raketalar hujumiga qarshi tizimni barpo etish rejamizni jonlantirishimiz, Gruziyani NATO ga qabul qilish jarayonini tezlashtirishimiz va boshqa choralarni ko’rishimiz mumkin”.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG