Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:41

ADIDAS bolalar qo‘li bilan terilgan paxtani ishlatmaslik bo‘yicha peshqadam


AQShdagi “Responsible Sourcing Network” tashkiloti sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi mashxur Adidas shirkatining O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnat evaziga yetishtirilgan paxtadan foydalanishga chek qo‘yish yo‘lidagi urinishlarini olqishladi.

Sport kiyimlari ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan dunyoga mashxur Adidas shirkati O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnat evaziga yetishtirilgan paxtadan foydalanishga chek qo‘yish yo‘lidagi urinishda yetakchilik qilmoqda.

Payshanba kuni “Responsible Sourcing Network” tashkiloti e‘lon qilgan hisobotga ko‘ra, Adidas o‘z do‘konlari uchun sport kiyimlari tikadigan fabrikalardan paxta xom ashyosi qaysi davlatdan sotib olingani ko‘rsatuvchi hujjatlarni talab qilmoqda.

- Adidas shirkatining bu ishi taxsinga sazovor, - deydi Berlindagi O‘zbekiston-Germaniya forumi rahbari Umida Niyozova.

O‘zbekistonda bolalar mehnatiga qarshi kurashib kelayotgan O‘zbekiston-Germaniya forumi O‘zbekistonda paxta yetishtirishda majburiy mehnatdan foydalanilgani bois xorij shirkatlarini O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarga boykot e‘lon qilishga chaqirib kelmoqda.

- Shirkatlar uchun moddiy jihatdan o‘zbek paxtasidan voz kechish juda mushkul bir qaror. Lekin ma‘naviy tomondan qaralsa, bolalar mehnati mahsuli bo‘lgan paxtadan kiyim tayyorlash sharmandalik. Bunday shirkatlar Yevropa va Shimoliy Amerikadagi mijozlaridan ayrilishi mumkin. “Name & Shame” deb ataluvchi targ‘ibot kampaniyamiz doirasida hozir boshqa shirkatlarni ham O‘zbekiston hukumatini bolalar mehnatiga chek qo‘yishga majburlash uchun bu mamlakat paxtasini sotib olmaslikka chaqiryapmiz, - deydi Niyozova.

Hozirda H&M, Levi Strauss, M&S, Nike, Tesco, VF va Walmart shirkatlari ham o‘z ta‘minotchilariga ayni talabni qo‘ymoqda.

Hozirga qadar dunyoning 108 ta chakana savdo shirkati O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlardan voz kechgan.

2013 yil O‘zbekistonda 3 million 350 ming tonna paxta hosili yetishtirildi.

Paxtadan ko‘riladigan yalpi daromad miqdori 1,12 milliard dollarni tashkil e‘tishi ma‘lum qilindi.

2013 yilgi paxta mavsumda Ozodlik radiosiga ma‘lum bo‘lgan qurbonlar soni kamida to‘qqiz kishini tashkil qildi.

“Responsible Sourcing Network” tashkilotiga ko‘ra, o‘tgan yilgi mavsumida O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq odam, jumladan, balog‘atga yetmagan bolalar majburiy mehnatga jalb qilingan.

2013 yilgi paxta qurbonlari soni esa 11 kishini tashkil etgan. O‘zbekiston hukumati esa paxta sanoatida bolalar mehnatidan foydalanilishini rad etib keladi.
XS
SM
MD
LG