Линклар

AQSh Rossiya harbiylarining Ukraina hududiga bostirib kirganini qoralab, Rossiya hukumatini Qrimdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi.

Shanba kuni Oq Uy Rossiyaning xalqaro qonunlarni buzishda davom etishi Moskvani ko‘proq “siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyada qolishi”ga turtki bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun yakshanba kuni NATO Kengashi favqulodda yig‘in o‘tkazdi.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Tvitter orqali “Qrimdagi vaziyat zudlik bilan yumshatilishi kerakligi”ni bildirdi.

Yevropa Ittifoqining (EI) Tashqi siyosat bo‘yicha mutasaddisi Ketrin Eshton Moskvani xalqaro majburiyatlarini bajarishga, Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqshga va o‘z qarashlarini “tinch yo‘l orqali” ilgari surishga chaqirdi.

Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun dushanba kuni YeI Tashqi ishlar vazirlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG