Линклар

logo-print
Rossiya parlamenti mamlakat qo‘shinlarini Qrimga kiritishga ruxsat berganidan so‘ng Ukraina o‘z armiyasini jangovar shay holatga keltirildi.

Ukraina prezidenti vazifasini vaqtincha bajarayotgan Aleksandr Turchinov buni shanba kuni televideniye orqali qilgan chiqishida e‘lon qildi.

- Men, agressiya xavfini nazarga olgan holda, Ukraina qurolli kuchlarini to‘liq jangovarlik holatiga keltirish to‘g‘risida buyruq berdim, deya bayon qildi Aleksandr Turchinov.

Ayni paytda, Turchinov hukumat Ukrainadagi yadroviy ob‘ektlar, aeroportlar va boshqa “strategik” inshootlarda xavfsizlikni ta‘minlash choralarini kuchaytirayotganini qo‘shimcha qildi.

Aleksandar Turchinov Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganini hech qanday sabab oqlamasligini alohida ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG