Линклар

logo-print
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent va Nyu-York shaharlari o‘rtasida parvoz qiladigan samolyot aviachiptalari narxini pasaytirdi.

2014 yil 28 fevraldan 15 mayga qadar Toshkent-Nyu York yo‘nalishidagi ekonom klass chiptasi narxi tarif turiga qarab 130 - 250 yevrodan boshlanadi.

Aviashirkat ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari chipta pulini Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha so‘mda to‘laydi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2013 yil 15 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridan viloyat markazlariga parvoz qiladigan samolyot chiptalari va bagaj uchun tariflarni o‘rtacha 10 foizga oshirgan edi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlari mahallliy reyslardan tashqari dunyoning qirqdan ziyod shahriga parvozlarni amalga oshiradi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning to‘qqiz oyi mobaynida “O‘zbekiston havo yo‘llari” 18 ming 517 ta reysni amalga oshirgan.
XS
SM
MD
LG