Линклар

Rejissor Stiv Makkuin suratga olgan "Qullikning 12 yili" filmi 2013 yilning eng yaxshi filmi sifatida "Oskar" mukofotiga loyiq deb topildi.

Bu yilgi Amerika kinoakademiyasining asosiy mukofotiga, shuningdek, "Amerikacha firibgarlik", "Nebraska", "Filomena", "Uol-strit bo'risi". "Gravitatsiya", "Kapitan Filips", "U" va "Dallas xaridorlar klubi" filmlari ham da'vogarlik qilgan edi.

2 fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan "Oskar" mukofotining 86-taqdimot marosimida eng ko'p mukofot "Gravitatsiya" filmiga nasib etdi - eng yaxshi rejissor Alfonso Kuaron suratga olgan ushbu film jami yettita "Oskar" haykalchasini oldi.

"Qullikning 12 yili filmi" eng yaxshi ikkinchi darajali ayol ro'li (Lyupita Niongo) va eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy (Jon Ridli) uchun ham oltin haykalchaga ega bo'ldi.

"Qullikning 12 yili" filmi treyleri (rus tilida)


Disney studiyasi suratga olgan "Muzyurak" multfilmi to'liq metrajli animatsion film nominatsiyasida g'olib chiqdi. Xorojiy tildagi eng yaxshi film uchun beriladigan "Oskar" esa "Buyuk go'zallik" kartinasiga nasib etdi.

Aktyorlik karyerasida keskin burilish yasab, romantik komediyalardan ko'ra jiddiy kartinalarda ko'proq suratga tushishni boshlagan Mettyu Makkonahi eng yaxshi erkak roli uchun mukofotlandi. U bilan "Dallas xaridorlar klubi" filmida birga ishlagan Jared Leto esa eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli uchun "Oskar" oldi.

Bu yilgi eng yaxshi ayol roli nominatsiyasida Keyt Blanshet "Yasmin" filmidagi roli bilan g'olib chiqdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG