Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:57

Futbol: O‘zbekiston - BAA 1:1


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 mart kuni Toshkentning "Bunyodkor" stadionida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

2015 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining so‘nggi turi doirasida o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Gollarga Ismoil Al Hammadi (67) va Igor Sergeyev (85) mualliflik qildi.

Shunday qilib, saralash bosqichining "E" guruhida mos ravishda 16 va 11 ochko to‘plagan BAA va O‘zbekiston terma jamoalari 2015 yili Avtraliyada o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



Foydali statistika

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi, bugungi o‘yinni hisobga olsa, BAA jamoasi bilan jami 12 marta bellashgan.

Uchrashuvlar statistikasi hozircha BAA foydasiga: Arabiston yarimorolilik jamoa hisobida 6 ta g‘alaba bor.

O‘zbekiston esa atigi ikkita uchrashuvda g‘alaba qozongan (1999, 2009 yillar). To‘rt o‘yin durang natijasi bilan yakunlangan.

Terma jamoalar uchrashuvlaridagi eng yirik natija 2001 yili qayt etilgan. O‘shanda bosh murabbiy Vladimir Salkov yetakchiligidagi O‘zbekiston termasi Jahon chempionati saralash bosqichining 1-turida BAA jamoasiga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG