Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:42

Shved kanali Obid qoriga uyushtirilgan suiqasd haqida film namoyish etdi


Shvetsiyaning SVT telekanali seshanba kuni o‘zining "Jinoyat xronikasi" teledasturida taniqli o‘zbekistonlik imom Obidxon qori Nazarovga qarshi ikki yil avval uyushtirilgan suiqasd haqidagi filmni namoyish etdi.

“Stromsundda imomga suiqasd” deb nomlangan film muallifi O‘zbekistondagi ta‘qiblardan qochib, 2006 yilda Shvetsiya shimolida boshpana olgan imomning o‘qqa tutilishi haqida hikoya qiladi.

O‘z vatanida o‘zgacha fikri uchun ta‘qibga uchragan imom nega Shvetsiyada BMT qochqinlik maqomi bo‘la turib himoyasiz qolib ketdi?

Film muallifi ana shu savolga javob topish uchun Shvetsiya shimolidagi Stromsund shahrida hozirda koma xolatida yotgan imomning o‘g‘li Dovudxon Obidxon va shved politsiyachilari bilan suhbatlashdi.

Stromsund politsiyasi hamda Shvetsiyaning SAPO xavfsizlik xizmati xodimlari Obidxon qori Nazarovga qarshi bu qadar tahdid mavjudligi haqida ma‘lumotga ega bo‘lmaganliklarini aytishdi.

- SAPO va politsiya o‘rtasida ma‘lumot almashish yetarli darajada bo‘lmagan. Stromsunddagi bu jamoaga xavf borligi haqida SAPO xodimlariga aytilgan, lekin ular buni jiddiy qabul qilmagan va ma‘lumotni politsiyaga taqdim qilmagan,- deya xulosalaydi jurnalist.

Imomning o‘g‘li Dovudxon Obidxon esa Shvetsiyaga 2006 yilda ilk kelganlarida shunday xavf borligi haqida politsiyani ogohlantirishganini eslaydi.

Obid qori Nazarovning o'g'li Dovudxon Obidxon
Obid qori Nazarovning o'g'li Dovudxon Obidxon
- Biz xavf borligini doim politsiya va xavfsizlik idoralariga aytib kelganmiz. Endi bunaqa holat avval Shvetsiyada bo‘lmagani uchun xavfsizlik idoralari xavotirlarimizni jiddiy qabul qilishmadi. Ular bizga ishonishlari kerak edi,- deydi Dovudxon.

O‘zbekistonlik taniqli imom Obidxon qori Nazarov 2012 yil 22 fevralida Shvetsiyaning Stromsund shaharchasidagi o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum qurolli shaxs tomonidan otib ketilgan edi.

SVT jurnalisti qotillik ortida kim turgan, degan savolga ham javob izlashga urinadi.

Bu yerda tergov ishlari natijalari faqatgina O‘zbekistonga olib boryapti, boshqa versiya bu yerda ko‘rinmayapti, degan taxmin fil mda ilgari suriladi.

Shvetsiya xavfsizlik xizmati o‘sha kuniyoq jinoyatchining iziga tushganini ma‘lum qilgan. Jinoyat joyidan topilgan o‘q otar qurol, guvohlar ko‘rsatmalari asosida ehtimoliy jinoyatchi Shvetsiyada O‘zbekiston pasporti va Rossiya Federatsiyasida berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan yurgan 34 yashar Yuriy Jukovskiy ekani matbuotga ma‘lum.

Tergov boshidayoq muhojiratdagi o‘zbek imomiga uyushtirilgan bu suiqasd oddiy jinoyat emas, balki imomning o‘tmishdagi diniy-siyosiy faoliyati bilan bog‘langan, siyosiy motivlarga asoslangan buyurtma qotillik ekani va katta ehtimolda, buyurtmaning Shvetsiya tashqarisidan qilingani aytilgan.

Obidxon qori Nazarov ikki yildan beri komada qolmoqda.
Obidxon qori Nazarov ikki yildan beri komada qolmoqda.
Shvetsiya shimolida yashaydigan yana bir o‘zbekistonlik imom Muhammadsolih Abutov Obid qori Nazarovga uyushtirilgan suiqasddan ikki oycha oldin shaxsan shunday xavf borligi haqida politsiyani ogohlantirganini eslaydi.

- Politsiya biz bilan uchrashgan edi. O‘sha yerda Obid qori akani o‘zlari ham bor edi. O‘shanda men politsiyaga "do‘stimiz Fuad Rustamxo‘jayevni Rossiyada otib ketishdi, o‘zbek diktatori arab bahoridan qo‘rqayapti, uni odamlari Shvetsiyaga ham kelib otib ketishi mumkin, ma‘lum ma‘noda xavf bor", deb politsiyachiga aytgan edim. Ikki oy o‘tib Obid qori akani otib ketishdi, ikki yildan buyon qori aka komada yotibdi,- deydi Abutov.

22 fevral kuni Ozodlik studiyasida mehmon bo‘lgan Dovudxon Obidxon o‘g‘li hozir shifoxonada og‘ir xasta yotgan otasi anchagina sog‘aygani va ba‘zi hollarda qisman hushiga kelib, tana a‘zolari harakati vositasida oilasi bilan muloqot qilayotganini aytdi.
XS
SM
MD
LG