Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:20

Bugun Sochida qishki Paralimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi


Bugun, 7 mart kuni Rossiyaning Sochi shahrida 2014 yilgi qishki Paralimpiada o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

72 komplekt medallar o‘ynaladigan ushbu paralimpiada musobaqalarida jami 45 mamlakatdan sportchilar qatnashishi aytilmoqda.

Sochi Paralimpiada o‘ynilarida O‘zbekistondan ikki nafar sportchi qatnashadi. Ular chang‘ichilar Ramil Gayazov va Yevgeniy Slepovlardir. Qayd etish joiz, O‘zbekiston qishki Paralimpiada o‘yinlarida ilk bor qatnashmoqda.

5 mart kuni Sochidagi paralimpiyachilar shaharchasida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Paralimpiada musobaqalari nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun eng yirik xalqaro sport tadbiridir. Qishki Paralimpiada o‘yinlari 1976 yildan beri o‘tkazib kelinadi.
XS
SM
MD
LG