Линклар

logo-print
Iroq rasmiylari vazir o‘g‘lining reysga kech qolishi tufayli Livan milliy aviakompaniyasiga tegishli passajir samolyotini Bag‘dod aeroportida qo‘nishiga ruxsat bermadi.

Beyrutdan Bag‘dodga uchishi kerak bo‘lgan samolyot 20 daqiqa parvozdan so‘ng Iroq talabi bilan ortga qaytarilgan.

Yaqin Sharq Havo yo‘llari aviakompaniyasiga ko‘ra, bortida 71 nafar passajir bo‘lgan samolyotning Beyrut aeroportiga qaytishiga Iroq Transport vaziri Hadi al-Amiri o‘g‘lining ushbu reysga kech qolgani sabab bo‘lgan.

Vazir Amiri maslahatchisi Livan milliy aviakompaniyasiga tegishli samolyot Bag‘dod aeroportidagi ta‘mirlash ishlari tufayli ortga qaytganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG