Линклар

Buxoroda ish joyida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi


Buxorolik amaldorlarga ish joyida ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Odnoklassniki'dan foydalanish taqiqlandi.

Buxorolik amaldorlarga ish joyida ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Odnoklassniki'dan foydalanish taqiqlandi.

Buxoro viloyatida axborot sizdirilishining oldini olish maqsadida davlat xizmatchilariga ish joyida xorijiy elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi.

O‘zA ma‘lumotiga ko‘ra, bu axborot xavfsizligini ta‘minlash maqsadida viloyat hokimligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilayapti.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Xudoyorovning O‘zAga bergan intervьyusida aytilishicha, viloyatdagi idoralarda xorij elektron pochta xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlarga cheklov o‘rnatilgan bo‘lib, ular o‘rniga milliy elektron pochta va tarmoqlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xudoyorovga ko‘ra, buni amalga oshirish uchun "Yashil kompyuter" loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ish joyidagi kompyuterlar yagona serverga ulanib, davlat xizmatchilarining Internetdagi faoliyati nazorat qilinadi.

Hozircha Buxorodagi bu tashabbusga boshqa viloyatlar hokimliklarining munosabati ma‘lum emas.
XS
SM
MD
LG